Uşbu hujjat «NOON» MÇJ tomonidan arab tilini örgatiş xizmatlarini körsatiş şartlarini belgilaydi. Öquvçi (yoki uning qonuniy vakili) tomonidan tölov amalga oşirilişi uşbu ofertani töliq va şartsiz qabul qiliş (aksept) hisoblanadi.
Atama va ta'riflar
- Ommaviy oferta
- şartnoma tuziş böyiça rasmiy taklif. Şartnoma ofertani şartsiz qabul qiliş (aksept) orqali tuziladi.
- Ofertaning aksepti
- uşbu ofertaning 1.4-bandida körsatilgan harakatlarni töliq va heç qanday şartlarsiz qabul qiliş.
- Öquv markazi / Bajaruvçi
- «NOON» MÇJ (bundan keyin — Markaz).
- Öquvçi / Buyurtmaçi
- uşbu oferta şartlarini qabul qilgan (akseptlagan) hamda Markaz tomonidan taşkil etilgan arab tili kurslarida arab tilini örganayotgan jismoniy şaxs.
- Vakil
- 18 yoşga tölmagan Öquvçining ota-onasi, vasiysi yoki boşqa qonuniy vakili. Barça huquq va majburiyatlar Vakil zimmasiga yuklatiladi.
- Kurs
- Öquvçi va Markaz tomonidan kelişilgan, Markazning öqitiş metodikasi asosida amalga oşiriladigan arab tili öqitiş jarayoni (daraja).
- Platforma («NOON»)
- Markaz tomonidan işlab çiqilgan mobil ilova (iOS, Android, Telegram, mini APP). Öquvçi platformada öz davomati, uy vazifalari, progress, tölov holati va dars jadvalini köradi.
- Noon Coin
- Öquvçi faoliyatini rağbatlaş maqsadida joriy etilgan ball tizimi.
- Sinov darsi
- öquvçining daraja va guruhga moslaşuvini aniqlaş maqsadida bepul taqdim etiluvçi dars.
- Tölov kuni
- Öquvçi uçun Markaz tomonidan Öquvçi (Vakil) bilan kelişilgan holda belgilanadigan, har oyning 1 dan 31 gaça bölgan sanasi. Oyda bunday sana bölmasa (masalan, fevralda 30-sana), şu oyning oxirgi kuni tölov kuni hisoblanadi.
- Tölov davri
- bir tölov kunidan keyingi tölov kunigaça bölgan davr.
- Şaxsiy hisob
- Öquvçi (Vakil) tomonidan kiritilgan va hali dars haqiga yeçilmagan mablağ hisobi; platformada tölov balansi sifatida körinadi. Şaxsiy hisobdagi mablağ dars haqiga yetmasa, yetişmagan summa Öquvçining qarzi hisoblanadi.
Umumiy qoidalar
Uşbu hujjat Özbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 365–370-moddalari, «Ta'lim töğrisida»gi qonun va «Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonun asosida tuzilgan rasmiy ommaviy oferta hisoblanadi.
Uşbu oferta quyidagi şakllarda amalga oşiriladi:
Toşkent şahri, Şayxontohur tumani, Qoratoş MFY, Çaqar mahallasi, Furqat köçasi, 27-uy, 2-qavat joylaşgan manzilda ma'muriyat bilan.
Online tarzda www.noonacademy.uz website orqali, mobil ilova yoki boşqa öquv markaziga qaraşli APP lar vositasida.
Oferta Markazning rasmiy saytida va bino ma'lumot taxtasida e'lon qilinadi. Markaz ofertani oldindan xabar bermasdan özgartiriş huquqiga ega; yangilangan oferta e'lon qilingan kundan kuçga kiradi. Platformadan foydalanuvçi Öquvçidan yangilangan oferta bilan tanişib, uni tasdiqlaş söraladi.
Quyidagi harakatlardan birini amalga oşiriş ofertani töliq va şartsiz qabul qiliş (aksept) hisoblanadi:
- Markaz hisob raqamiga tölov ötkaziş;
- Kassa orqali tölov amalga oşiriş;
- «NOON» MÇJ Elektron platformalarida oferta şartlari bilan tanişganligini tasdiqlaş;
- Markaz yuborgan SMS dagi tasdiqlaş kodini Markaz xodimiga aytiş;
- Şartnomani imzolaş.
Aksept amalga oşirilgunga qadar Öquvçi (Vakil) uşbu oferta bilan töliq tanişgan va barça şartlarni qabul qilgan hisoblanadi.
Şartnoma predmeti
Markaz Öquvçiga arab tilini öqitiş böyiça pullik ta'lim xizmatini körsatadi.
Öqitiş quyidagi darajalar böyiça amalga oşiriladi:
| Daraja | Nomi | Davomiyligi | Darslar soni |
|---|---|---|---|
| A0 | Tamhidiy (fonetika) | 4 oy | 48 ta |
| A1 | Boşlanğiç | 3 oy | 36 ta |
| A2 | Elementar | 3 oy | 36 ta |
| B1 | Örta | 3 oy | 36 ta |
| B2 | Örta yuqori | 3 oy | 36 ta |
| C1 | Ilğor | 3 oy | 36 ta |
| C2 | Mukammal | 3 oy | 36 ta |
Jadvaldagi darslar soni — har darajaning rasmiy dastur darslari soni. Körsatilgan muddat indikativ bölib, kafolatlangan tugatiş muddati emas — u oyiga 12 dars (haftada 3 kun) normasi asosida hisoblangan va öquvçining özlaştirişi, davomati hamda imtihon kunlari hisobiga özgaradi. Haftada 2 (ikki) kunlik guruhlarda oyiga 8 ta dars ötiladi, şuning uçun muddat şunga mos uzayadi (masalan, A0 — taxminan 6 oy). Markaz xizmatni oylik formatda körsatadi; oydagi darslar soni 2.5-bandda belgilangan.
Har daraja davomida haftalik testlar olinadi; daraja oxirida 1 martalik yakuniy imtihon topşiriladi.
Darslar Online va offline şaklida ötkaziladi.
Bir darsning davomiyligi: 80 (sakson) daqiqadan kursga köra 180 (bir yuz sakson) daqiqagaça.
Oyiga majburiy darslar soni: kursga köra 8 (sakkiz) tadan 12 (ön ikki) tagaça. Bir tölov davridagi pullik darslar soni Öquvçi haftasiga qatnaşadigan dars kunlari sonining 4 (tört) baravariga teng (haftasiga 2 kun — 8 ta, 3 kun — 12 ta, 5 kun — 20 ta dars). Tölov davrida jadval böyiça ötkaziladigan oddiy darslardan şu sondan ortiği Markaz tomonidan bepul (hiba) sifatida taqdim etiladi: masalan, haftasiga 3 kunlik guruhda 13- va 14-darslar, haftasiga 2 kunlik guruhda 9- va 10-darslar. Qöşimça dars (2.8-band) bu songa kirmaydi. Darslar faqat bir guruhda, bir xil tarif va bir xil haftalik dars kunlari soni bilan ötilgan bölsa birga sanaladi. Tölov davri içida Öquvçi boşqa guruhga ötsa, tarifi yoki haftalik dars kunlari soni özgarsa, özgarişdan oldingi va keyingi darslar uçun pullik darslar soni va bepul (hiba) dars alohida-alohida aniqlanadi; şu sababli bunday tölov davrida bepul (hiba) dars berilmasligi mumkin. Masalan, haftasiga 3 kunlik guruhda 7 dars öqib, söng boşqa haftasiga 3 kunlik guruhga ötib 6 dars öqigan Öquvçining darslari alohida sanaladi: heç bir guruhda darslar 12 tadan oşmagani uçun 13 darsning hammasi pullik böladi. Muzlatilgan darslar bu sanoqqa kirmaydi (3.10-band). Bolalar uçun haftasiga 5 (beş) ta — oyiga 20 (yigirma) ta darsdan iborat kurslar ham mavjud.
Haftalik öquv formati:
- 5 dars – (bolalar kursi) asosiy ustoz bilan.
- 3 dars — asosiy ustoz bilan;
- 3 dars — yordamçi ustoz bilan qöşimça amaliyot (onlayn, bepul, ixtiyoriy; Kids va haftada 2 (ikki) kunlik fonetika guruhlarida bölmaydi — 6.1-band).
- 2 dars – asosiy ustoz bilan;
18 yoşga tölmagan öquvçilar nomidan ofertani faqat ularning ota-onalari yoki qonuniy vasiylari va vakillari akseptlaşi mumkin.
Qöşimça dars: Markaz öquv jadvaliga qöşimça dars qöşişi mumkin. Qöşimça dars uçun bir dars haqi (3.4-band) guruhdagi har bir Öquvçining şaxsiy hisobidan dars qöşilgan paytda yeçiladi; hisobdagi mablağ yetmasa, yetişmagan summa qarz hisoblanadi. Qöşimça dars 2.5-bandda körsatilgan pullik darslar soniga kirmaydi va bepul (hiba) dars hisoblanmaydi. Jadval muddati uzaytirilganda qöşiladigan darslar qöşimça dars hisoblanmaydi — ular 2.5-band böyiça oddiy dars sifatida hisoblanadi.
Xizmatlar narxi va tölov tartibi
Xizmatlar narxi:
| Format | Guruh hajmi | Oylik tölov |
|---|---|---|
| Guruh (asosiy) | 12–15 öquvçi | 1 080 000 söm |
| Mini guruh (4 kişi) | 4 öquvçi | 1 800 000 söm |
| Mini guruh (3 kişi) | 3 öquvçi | 2 200 000 söm |
| Mini guruh (2 kişi) | 2 öquvçi | 2 700 000 söm |
| Individual | 1 öquvçi | 4 050 000 söm |
| Haftada 2 (ikki) kunlik | 12-15 öquvçi | 750 000 söm |
| 5 kunlik bolalar guruhi 5-12 yoşgaça 1,5 (bir yarim) soatlik | 15-20 öquvçi | 1 000 000 söm |
| 3 kunlik bolalar guruhi 5-12 yoşgaça 1,5 (bir yarim) soatlik | 15-20 öquvçi | 750 000 söm |
| 2 kunlik bolalar guruhi 5-12 yoşgaça 1,5 (bir yarim) soatlik | 15-20 öquvçi | 500 000 söm |
Barça darajalar uçun narx bir xil — daraja özgarişi bilan narx özgarmaydi.
Narxning özgarişi: Markaz narxni özgartirişi mumkin. Yangi narx Markaz belgilagan sanadan boşlab tegişli tarifdagi barça Öquvçilarga, şu jumladan öqişni davom ettirayotganlarga ham bir xil qöllanadi. Narx ötgan sanadan boşlab özgartirilsa, şu sanadan keyingi darslar haqi qayta hisoblanadi va farq Öquvçining şaxsiy hisobidan yeçiladi yoki hisobiga qaytariladi; Öquvçiga bu haqda sababi körsatilgan xabar platforma orqali, platforma taqdim etilmaydigan guruhlarda (6.1-band) esa administrator orqali (telefon yoki Telegram) yuboriladi. Alohida kelişuv asosida Öquvçiga individual narx belgilanişi mumkin.
Sinov darsi: Öquvçi kursga yozilişdan oldin 1 (bir) marta bepul sinov darsiga qatnaşişi mumkin. Sinov darsi har doim bepul: u Öquvçining birinçi darsi hisoblanmaydi, tölovga kiritilmaydi va tölov kunini belgilaşga ta'sir qilmaydi. Kursni davom ettirgan Öquvçining birinçi darsi sinov darsidan keyingi birinçi dars hisoblanadi.
Tölov tartibi: Dars haqi oldindan tölanadi. Har bir Öquvçi uçun tölov kuni belgilanadi; tölov kunida Markaz Öquvçining şaxsiy hisobidan keyingi tölov davridagi darslar haqini yeçadi. Öquvçi (Vakil) şaxsiy hisobni tölov kunigaça töldirişi lozim. Tölov usullari:
- Bank ötkazmasi (H/R: 2020 8000 1074 3390 3001);
- Markaz kassasi orqali naqd yoki karta bilan;
- Onlayn tölov tizimlari orqali.
Birinçi tölov davri: Kursga qöşilgan Öquvçi uçun birinçi tölov davri uning birinçi darsidan boşlab özi uçun belgilangan birinçi tölov kunigaça davom etadi. Şu davrdagi darslar haqi darslar soniga mutanosib hisoblanadi va Öquvçi guruhga yozilgan kuni, birinçi dars kutilmasdan, şaxsiy hisobdan yeçiladi. Bir dars haqi oylik narxni 2.5-bandda körsatilgan pullik darslar soniga böliş orqali aniqlanadi (masalan, haftasiga 3 kunlik guruhda 1 080 000 : 12 = 90 000 söm). Birinçi dars tölov kuniga töğri kelsa, birinçi tölov davri töliq bir oyni taşkil etadi.
Qisman tölov qabul qilinadi: kiritilgan summa şaxsiy hisobga yoziladi va qarzni kamaytiradi. Qarz töliq yopilmagunça 3.6-bandda körsatilgan çeklov amal qiladi.
Tölov kunida şaxsiy hisobdagi mablağ dars haqiga yetmasa:
- yetişmagan summa Öquvçining qarzi hisoblanadi;
- Öquvçi şu tölov davrining 1- va 2-darsiga qatnaşa oladi; 3-darsdan boşlab Öquvçining Markaz binosiga turniket orqali kirişi töxtatiladi;
- Öquvçi guruhga yangi qöşilgan bölsa (birinçi tölov davri) yoki avvalgi tölov davridan tölanmagan qarzi bölsa, kiriş tölov davrining boşidan töxtatiladi;
- qarz töliq tölangan zahoti kiriş tiklanadi;
- Markaz Öquvçi (Vakil) iltimosiga köra tölov uçun muddat berişi mumkin: belgilangan kun oxirigaça kiriş oçiq böladi, muddat tugagaç kiriş avtomatik töxtatiladi; muddat berilişi qarzni bekor qilmaydi;
- qarz sababli Öquvçining platformaga kirişi bloklanmaydi va Öquvçi dars jadvalidan avtomatik çiqarilmaydi; jadvaldan çiqariş töğrisida Markaz alohida qaror qabul qiladi.
Eslatmalar: Markaz tölov kunigaça 6 (olti) va 3 (uç) kun qolganda hamda tölov kunining özida (şaxsiy hisobdagi mablağ yetmasa), şuningdek qarzi bor Öquvçiga kiriş töxtatilişidan 2 (ikki) kun oldin SMS orqali eslatma yuboradi. SMS Vakilning telefon raqami körsatilgan bölsa şu raqamga, aks holda Öquvçining raqamiga yuboriladi. Qarz paydo bölgani haqidagi xabar platforma orqali yuboriladi; platforma taqdim etilmaydigan guruhlarda (6.1-band) qarz haqida yuqoridagi SMS eslatmalar yuboriladi. Eslatma yuborilmagan yoki yetib bormagan taqdirda ham tölov majburiyati öz kuçida qoladi.
Tölovni qaytariş:
- Darslar boşlanmasidan avval rad etilsa — tölangan summa töliq qaytariladi;
- Keyingi tölov davri uçun oldindan kiritilgan tölov şu davr boşlanmagunça, ya'ni tölov kunida dars haqi şaxsiy hisobdan yeçilmagunça, Öquvçi (Vakil)ning murojaatiga köra qaytariladi; tölov davri boşlangaç bu tölov qaytarilmaydi;
- Darslar boşlanganidan söng: ötkazilgan darslar uçun haq hisoblanadi; Öquvçi guruhdan çiqarilgan sanadan keyingi darslar uçun tölangan summa Öquvçining şaxsiy hisobiga qaytariladi;
- Markaz guruh jadvalini yopsa yoki darsni bekor qilsa, ötkazilmagan darslar uçun tölangan summa Öquvçining şaxsiy hisobiga qaytariladi;
- Şaxsiy hisobdagi mablağ keyingi darslar haqiga işlatiladi va naqd pul yoki karta orqali qaytarib berilmaydi (şu bandning birinçi va ikkinçi holatlari bundan mustasno). Öquvçi (Vakil)ning murojaatiga köra Markaz öz ixtiyori bilan (majburiyat sifatida emas) bu mablağni Markazda öqiyotgan qarindoşiga — Öquvçining ota-onasi, farzandi, aka-ukasi, opa-singlisi yoki nabirasiga — ötkazib berişi mumkin. Bunday qarindoşi bölmasa, mablağ Öquvçining şaxsiy hisobida qoladi;
- Qaytariladigan summa tölov qanday summada qabul qilingan bölsa, şu summada hisoblanadi: çegirma (jumladan promokod) bilan tölangan bölsa — çegirmali summada, töliq narxda tölangan bölsa — töliq summada (3.11-band);
- Ötkazib yuborilgan (Öquvçi kelmagan) darslar uçun tölov qaytarilmaydi.
Öqişni töxtatmoqçi bölgan Öquvçi (Vakil) Markazni kamida 7 (yetti) kun oldin xabardor qilişi lozim. Guruhdan çiqiş sanasi Öquvçi (Vakil) bilan kelişiladi; şu sanadan keyingi darslar uçun tölangan summa 3.7-bandga muvofiq şaxsiy hisobga qaytariladi.
Tölov kunini özgartiriş: Öquvçi (Vakil) iltimosiga köra Markaz tölov kunini özgartirişi mumkin; birinçi dars ötmagunça tölov kuni özgartirilmaydi. Özgartirilganda joriy tölov davri yangi tölov kunigaça qisqaradi: davrdan çiqib qolgan pullik darslar haqi şaxsiy hisobga qaytariladi (tölov hali qilinmagan bölsa, qarz şunça kamayadi), bepul (hiba) darslar uçun pul qaytarilmaydi. Yangi tölov kuni joriy tölov davri tugaganidan keyin tuşsa, joriy tölov davri yangi tölov kunigaça çöziladi. Davrning asl qismidagi bepul (hiba) darslar saqlanadi. Qöşilgan kunlardagi darslar alohida sanaladi: ular pullik va puli özgartiriş saqlangan paytda şaxsiy hisobdan yeçiladi; ular orasida 2.5-bandda körsatilgan pullik darslar sonidan ortiq dars bölsa, ortiği bepul (hiba). Qarzi bor Öquvçi tölov kunini özgartirsa, 3.6-bandda körsatilgan dastlabki ikki darsga qatnaşiş imkoniyati qayta berilmaydi. Özgariş haqida Öquvçiga platforma orqali, platforma taqdim etilmaydigan guruhlarda (6.1-band) esa administrator orqali (telefon yoki Telegram) xabar yuboriladi.
Darslarni muzlatiş: Öquvçi (Vakil)ning sababi körsatilgan iltimosiga köra Markaz Öquvçining belgilangan darslarini muzlatişi mumkin. Muzlatiş Öquvçining öz dars kunlari böyiça belgilanadi, uning muddati (darslar soni yoki sana) Markaz bilan kelişiladi. Muzlatilgan darslar pullik darslar sanoğiga (2.5-band) kirmaydi: tölov davri uçun dars haqi muzlatişdan keyin qolgan darslar böyiça qayta hisoblanadi va ortiqça yeçilgan summa şaxsiy hisobga qaytariladi. Muzlatişdan keyin tölov davridagi darslar soni 2.5-bandda körsatilgan pullik darslar sonidan (haftalik dars kunlari × 4) oşmasa, şu davrda bepul (hiba) dars berilmaydi. Masalan, haftasiga 3 kunlik guruhda tölov davrida 13 dars bölsa, 12 tasi pullik va 13-si bepul (hiba); ulardan 4 tasi muzlatilsa, qolgan 9 dars pullik böladi, hiba berilmaydi va şaxsiy hisobga 3 dars haqi qaytariladi. Muzlatilgan darslarda davomat belgilanmaydi va ular 3.6-bandda körsatilgan darslar sanoğiga kirmaydi. Muzlatiş davrida Öquvçining guruhdagi örni saqlanadi.
Çegirma: Markaz Öquvçiga çegirma (jumladan promokod orqali) berişi mumkin. Çegirma berilgan tölov davrida dars haqi belgilangan foizga kamayadi. Pul qaytarilganda (şaxsiy hisobga yoki 3.7-bandga muvofiq) qaytariladigan summa tölov qanday summada qabul qilingan bölsa, şu summada hisoblanadi: çegirma bilan tölangan bölsa — çegirmali summada, töliq narxda tölangan bölsa — töliq summada. Çegirma bekor qilinsa, şu tölov davri töliq narxda qayta hisoblanadi va farq Öquvçining şaxsiy hisobidan yeçiladi.
Öquv şartlari
Daraja testi. Öquvçi arab tilini biliş darajasini aniqlaş uçun Markaz tomonidan tuzilgan placement testdan ötişi şart. Test natijalariga köra Öquvçi tegişli darajaga joylaştiriladi.
Darajadan ötiş talablari. Öquvçi keyingi darajaga ötişi uçun quyidagi uçta şartni bir vaqtda bajarişi şart:
- Barça uy vazifalari topşirilgan bölişi;
- Har bir uy vazifasida töğri javoblar kamida 80%;
- Umumiy yakuniy natija (davomat, uy vazifasi, oğzaki nutq va imtihonlar yiğindisi) kamida 70%.
Baholaş tarkibi:
| Körsatkiç | Uluşi |
|---|---|
| Davomat | 20% |
| Uy vazifasi | 25% |
| Oğzaki nutq | 25% |
| Imtihon (haftalik va yakuniy) | 30% |
Uy vazifasini topşiriş muddati — dars ötgan kundan boşlab 3 (uç) sutka:
- 1-sutka içida topşirilsa — töliq ball;
- 2–3-sutkada topşirilsa — ball berilmaydi;
- 3 sutka ötgaç topşirilmasa — «bajarilmadi» deb hisoblanadi va progress ga ta'sir etmaydi.
Daraja imtihonidan öta olmagan Öquvçi keyingi poğonaga ötkazilmaydi. Qayta imtihon tayyorgarlik uçun qöşimça darslar orqali amalga oşirilişi mumkin.
Har bir darajani muvaffaqiyatli yakunlagan Öquvçiga Markaz sertifikati beriladi:
- 70–80% — C darajali sertifikat;
- 81–90% — B darajali sertifikat;
- 91–100% — A darajali sertifikat.
Agar Öquvçi biron-bir daraja davomida 3 marta ketma-ket yakuniy imtihondan öta olmasa va bu uning yetarliça harakat qilmaganligi bilan boğliq deb topilsa, Markaz şartnomani vaqtinça töxtatiş huquqiga ega.
Öquvçi majburiyatlari
Davomat:
- Darsga öz vaqtida keliş. Ötkazib yuborilgan dars qayta ötilmaydi.
- Ketma-ket 3 (uç) darsga kelmagan va aloqa örnatmagan Öquvçining şartnomasi Markaz tomonidan bir tomonlama bekor qilinişi mumkin.
Uy vazifasi:
- Har darsga belgilangan uy vazifasini 3 sutka içida topşiriş;
- Kamida 80% töğri bajariş;
- Uy vazifasini töliq topşirmagunça Öquvçi darsdan çetlaştirilişi mumkin. Agar bu holat bir daraja davomida 3 marta takrorlansa, Öquvçi guruhdan çiqarilişi mumkin.
Tölov:
- Dars haqini 3.3-bandda körsatilgan tartibda, öz tölov kunigaça şaxsiy hisobga kiritiş.
Baholaş:
- Har hafta yakunida öqituvçini 4 mezon böyiça 5 yulduz tizimida baholaş (majburiy).
Tartib:
- Markaz içki tartib qoidalariga rioya qiliş;
- Boşqa öquvçilar va xodimlar bilan hurmatli munosabatda böliş;
- Dars vaqtida boşqalarni çalğitmaslik;
- Alkogol, giyohvandlik yoki toksik mastlik holatida darslarga keliş taqiqlanadi;
- Darslarni audio/video yozuvga tuşiriş taqiqlanadi;
- Markaz mulkiga ehtiyotkorona munosabatda böliş; yetkazilgan zarar qiymati aniqlanib belgilangan tartibda undiriladi.
Öquv materiallarini (kitoblar, metodika, platforma kontenti) uçinçi şaxslarga beriş, tijorat maqsadlarda tarqatiş yoki nusxalaş taqiqlanadi.
Öquvçi özini tasdiqlaş uçun Markazga biometrik ma'lumot (kiriş tizimi uçun) berişga rozilik bildiradi.
Markaz hududiga diniy mazmundagi materiallar olib kirmaslik
Markaz xodimlariga (ustoz, yordamçi ustoz, administrator va hakazo) diniy mazmundagi savollar bermaslik hamda diniy agressiya körsatmaslik
Markaz huquq va majburiyatlari
Markaz majburdir:
- Öquvçiga sifatli ta'lim xizmatini körsatiş: malakali öqituvçi, tegişli öquv muhit va materiallar;
- Darsni belgilangan jadval böyiça va kursga köra 80 (sakson) daqiqadan 180 (bir yuz sakson) daqiqagaça töliq davomiylikda ötkaziş;
- Öquvçining davomat, uy vazifasi va progress natijalarini platforma orqali saqlab boriş;
- Öquvçi va Vakilni öquv jarayonidagi muhim özgarişlar haqida öz vaqtida xabardor qiliş;
- Ketma-ket 3 (uç) darsga kelmagan Öquvçi yoki uning Vakili bilan boğlaniş;
- Barça şartlar bajarilganda Öquvçiga daraja sertifikatini rasmiylaştiriş;
- Öquvçi şaxsiy ma'lumotlarini himoya qiliş.
- Kids guruhlari va haftada 2 (ikki) kunlik fonetika guruhlari uçun markaz ilova (platforma) va yordamçi support ustoz xizmati körsatişni zimmasiga olmaydi
Markaz huquqiga ega:
- Öquvçi roziligisiz öqituvçini almaştiriş (asosiy öqituvçi dars öta olmagan taqdirda örinbosar tayinlaş);
- Guruhda öquvçilar soni 7 nafarga kamaysa, guruhni yopiş va öquvçilarni boşqa guruhga ötkaziş;
- Dars jadvali va guruhlarni zarurat böyiça özgartiriş;
- Öz vaqtida tölov amalga oşirmagan Öquvçining Markazga kirişini 3.6-bandga muvofiq töxtatiş va Markaz qaroriga köra uni dars jadvalidan çiqariş;
- Tartib qoidalarini qayta-qayta buzgan Öquvçini darslardan çetlaştiriş.
Markaz kurs yakuniy natijasi uçun quyidagi hollarda javobgar emas:
- Öquvçi darslarga qatnaşmagan, uy vazifalarini bajarmagan;
- Öquvçi Markaz tartib qoidalarini buzgan;
- Fors-major holatlari yuzaga kelganda.
Kafolatlar
C1 darajasiga yeta olmasa.
Öquvçi barça öquv şartlarini (davomat, uy vazifasi, imtihonlar) töliq bajargan holda C1 darajasini ololmasa, Markaz unga 3 (uç) oy davomida bepul ta'lim xizmatini körsatadi.
C1 imtihonini birinçi urinişda topşirsa.
Öquvçi C1 darajasi imtihonini birinçi urinişda muvaffaqiyatli topşirsa, Markaz imtihon uçun tölangan summani Öquvçiga töliq qaytaradi.
Kafolat şartlari faqat quyidagi holatlarda amal qiladi:
- Barça oylik tölovlar öz vaqtida amalga oşirilgan;
- Barça uy vazifalari 100% topşirilgan va kamida 80% töğri bajarilgan;
- Barça imtihonlar belgilangan muddatda topşirilgan;
- Öquvçi Markaz tartib qoidalarini buzib, Markaz tomonidan şartnoma bekor qilinmagan.
Qöşimça imtiyozlar
Referral tizimi.
Offline stend yoki administratsiya xodimlaridan aniqlaştirilinadi.
Noon Coin tizimi.
Öquvçi dars davomidagi faolligi uçun Noon Coin töplaydi:
- Darsga öz vaqtida kelganlik;
- Uy vazifasini töliq va töğri bajarganlik;
- Platformadagi kunlik topşiriqlar.
Noon Coinlar Markaz dökonida (Noon Shop) mavjud mahsulotlarga (kitoblar, daftarlar, yozuv anjomlari) almaştiriladi. 1 yil içida işlatilmagan coinlar öz qiymatini yoqotadi va qaytarilmaydi.
Bepul xizmatlar.
| Xizmat | Şart |
|---|---|
| Sinov (probnik) darsi (1 ta) | Kursga yozilişdan oldin |
| Yordamçi ustoz (support) | Haftada 3 kun (online), bepul; Kids va haftada 2 (ikki) kunlik fonetika guruhlarida yöq (6.1-band) |
| Mock imtihon (bir oyda bir marta) | Har yakşanba, markazda |
| Muhadasa klubi | Har yakşanba — arab tilida jonli suhbat |
| Istima' klubi | Har yakşanba — eşitiş maşqlari |
| Coworking zona | Iş vaqtida (08:00–20:00) bepul |
Bitiruvçilar uçun.
C2 darajasini muvaffaqiyatli yakunlagan Öquvçi Noon Academy da öqituvçi böliş imkoniyatiga ega.
Platforma va kuzatuv
Öquvçi tölov amalga oşirilgandan söng «NOON» platformasiga kiriş huquqini oladi. Kiriş ma'lumotlari (login va parol) Öquvçiga Markaz tomonidan beriladi.
Platforma orqali Öquvçi va Vakil real vaqtda quyidagilarni köradi:
- Davomat (foiz hisobida);
- Uy vazifalari holati;
- Öquv progress va baholar;
- Tölov balansi;
- Dars jadvali va kelgusi mavzular.
Markaz turniket tizimidan foydalanadi — Öquvçining kelişi avtomatik qayd etiladi va davomatda aks etadi.
Davomatsizlik tartibi:
| Holat | Markaz çorasi |
|---|---|
| Öquvçi darsga kelmadi | Davomat platformada qayd etiladi |
| Ketma-ket 3 (uç) darsga kelmadi | Markaz xodimi Öquvçi yoki Vakil bilan boğlanadi |
| Aloqa örnatilmadi | Öqiş muzlatilişi mumkin |
| Baribir aloqa yöq | Şartnoma 10.2-bandga muvofiq bekor qilinişi mumkin |
Ofertani bekor qiliş
Öquvçi (Vakil) tomonidan:
- Bekor qiliş uçun Markazga 7 (yetti) kun oldindan yozma yoki Telegram orqali xabar beriş şart;
- Ötkazilgan darslar uçun tölov qaytarilmaydi; qaytariladigan summa tölov qabul qilingan summada hisoblanadi (3.11-band); şaxsiy hisobdagi mablağ 3.7-bandga muvofiq naqd qaytarilmaydi: u Markaz ixtiyori bilan Markazda öqiyotgan qarindoşiga ötkazilişi mumkin, aks holda şaxsiy hisobda qoladi;
Markaz tomonidan:
Markaz quyidagi hollarda şartnomani bir tomonlama bekor qiliş huquqiga ega:
- Ketma-ket 3 darsga kelmaslik va aloqa örnatmaslik;
- Tölov Öquvçining tölov kunidan 10 (ön) kun keçiktirilganda va Markaz talabiga qaramay tölanmaganda;
- Markaz tartib qoidalari qayta-qayta (2 marta yozma ogohlantiriş berilgandan söng) buzilganda;
- Öquvçi boşqa öquvçilar yoki xodimlarga nisbatan hurmatsiz yoki xavfli xulq körsatganda.
Bekor qiliş haqida Öquvçiga (Vakilga) kamida 7 (yetti) kun oldindan yozma xabar beriladi (SMS, Telegram yoki qoğoz xat orqali).
Fors-major
Tomonlar uşbu oferta böyiça majburiyatlarni töliq yoki qisman bajarmaganlik uçun javobgarlikdan ozod qilinadilar, agar bu yengib bölmas kuç holatlari (yonğin, zilzila, epidemiya, pandemiya, harbiy harakatlar va boşqalar) natijasida sodir bölsa.
Fors-major holati yuzaga kelganda, ta'sirlangan tomon 10 (ön) kun içida ikkinçi tomonni yozma ravişda xabardor qilişi şart.
Rasmiy bayram kunlariga töğri kelgan darslar ötkazilmaydi va boşqa kunga köçirilmaydi. Bunday dars pullik darslar sanoğiga kirmaydi: agar şu tölov davrida Öquvçining darslari tölangan darslar sonidan (2.5-band) köp bölsa, Öquvçi tölangan darslarning barçasini oladi va pul qaytarilmaydi; aks holda ötkazilmagan dars uçun tölangan summa Öquvçining şaxsiy hisobiga qaytariladi.
Şaxsiy ma'lumotlar
Aksept orqali Öquvçi (va Vakil) öz şaxsiy ma'lumotlarini (F.I.Ş., tuğilgan sana, pasport ma'lumotlari, telefon, manzil, öquv natijalari, biometrik ma'lumot) Markaz tomonidan quyidagi maqsadlarda qayta işlaşiga rozilik beradi:
- Ta'lim xizmatini körsatiş;
- Dars jadvali va bildirişnomalar yuboriş;
- Öquv natijalari va davomat kuzatuvi.
Markaz şaxsiy ma'lumotlarni uçinçi taraflarga bermaydi. Istisno: ÖzR qonunçiligi talabiga köra davlat organlariga taqdim etiş.
Markaz Öquvçining muvaffaqiyat hikoyasini (rasm, video, matn) marketing maqsadlarida faqat Öquvçi (yoki Vakil)ning alohida yozma va oğzaki roziligi bilan işlatadi.
Şaxsiy ma'lumotlar şartnoma tugatilgandan söng 3 (uç) yil davomida saqlanadi, söngra yöq qilinadi.
Öquvçi öqişni yakunlagandan söng şaxsiy ma'lumotlarini Markaz bazasidan öçiriş talabini yozma yoki oğzaki tarzdan talab qiliş huquqiga ega.
Nizolarni hal etiş
Tomonlar örtasidagi nizolar avval muzokaralar yöli bilan hal etilişga harakat qilinadi.
Muzokaralar 30 kun içida natija bermasa, nizo Özbekiston Respublikasining tegişli sudida köriladi.
Uşbu ofertaga Özbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, «Ta'lim töğrisida»gi qonun va «Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonun qöllaniladi.
Markaz rekvizitlari
«NOON» MÇJ
- STIR
- 312 905 764
- Yuridik manzil
- Toşkent şahri, Şayxontohur tumani, Qoratoş MFY, Çaqar mahallasi, Furqat köçasi, 27-uy
- Bank
- «IPAK YO'LI BANK» Şayxontohur filiali
- Hisob raqami
- 2020 8000 1074 3390 3001
- MFO
- 01145
- Telefon
- +99855 588770
- Elektron poçta
- [email protected]
- Direktor
- Zuparova D.S.
- Litsenziya
- №1642198